VOOZH about

URL: https://ucell.uz/uz/services/esim

⇱ Ucell eSIM – elektron SIM-kartani ulash


eSIM

Yangi imkoniyatlarni qarshi oling!

eSIM

eSIMni quyidagi usullar bilan ulash mumkin:

  • Ucell mobil ilovasi orqali, “O‘z-o‘zini ro‘yxatdan o‘tkazish” bo‘limida.
  • Barcha Ucell ofislarida.
  • Ucell dilerlik ofislarida.
  • Uzum topshirish punktlarida.
  • “Birda” mobil ilovasi orqali (hamkor ilova).

eSIM-kartani quyidagi joylarda almashtirish mumkin:

  • Ucell kompaniyasining barcha ofislarida va Ucell dilerlik ofislarida.

Yangi esim ulanishi

0 so'm

Amaldagi abonentlar uchun sim/eSIM kartalarini almashtirish

25 000 so'm

1. O‘rnatishdan oldin tekshiring

  • Telefoningiz eSIMni qo‘llab-quvvatlashiga ishonch hosil qiling
  • IMEI ro‘yxatdan o‘tkazilganini saytda tekshiring: https://uzimei.uz/
  • Internet (Wi-Fi yoki boshqa SIM-kartadan) borligiga ishonch hosil qiling

2. eSIM qanday o‘rnatiladi

  • Internetga ulaning
  • Telefon sozlamalariga kiring:
    • iPhone: Sozlamalar → Uyali aloqa → eSIM qo‘shish
    • Android: Sozlamalar → Ulanishlar → SIM-kartalar → eSIM qo‘shish
  • QR-kodni skanerlang
  • Ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling
  • O‘rnatgandan keyin eSIM profilini yoqing

Muhim:

  • QR-kod faqat 10 martagacha ishlatiladi.
  • QR-kodni ishonchli joyda saqlang.

3. Agar QR-kodni skanerlashda xatolik yuzaga kelsa

Tekshiring:

  • Internet bormi
  • Telefon sozlamalari orqali (kamera yoki chet ilovalar orqali emas) skanerlayapsizmi
  • QR-kod avval ishlatilgan emasmi
  • Qurilmada eSIM limiti to‘lgan emasmi
  • Telefon eSIMni qo‘llab-quvvatlaydimi

4. iPhone uchun o‘ziga xosliklar

iOS yangilanganidan keyin eSIMni to‘g‘ri ko‘chirish muhim:

eSIMni yangi iPhonega ko‘chirish:

1.Eski telefonda:

  • eSIM sozlamalariga kiring
  • eSIMni o‘chiring
  • Nofaol profil ustiga bosing
  • “Kontaktlarni / sozlamalarni yangilash”ni tanlang

2.Shundan keyingina:

  • Yangi iPhoneda QR-kodni skanerlang

Muhim:

Agar QR-kod kamera orqali skanerlansa — eSIM osilib qolishi mumkin

Yechimi:

  • Sozlamalar → Asosiy → iPhoneni ko‘chirish yoki dastlabki holatga qaytarish → Dastlabki holatga qaytarish → Barcha eSIMlarni o‘chirish

5. eSIM qanday ko‘chiriladi

  • Eski qurilmadan eSIMni o‘chiring
  • Yangisiga QR-kod orqali o‘rnating
  • Agar QR-kod bo‘lmasa — Kompaniya ofisiga murojaat eting

6. Agar QR-kod yo‘qolgan bo‘lsa

  • Kompaniya ofisiga murojaat eting
  • Sizga yangi QR-kod berishadi

7. eSIM ishlayotganini qanday tekshiriladi

iPhone:

  • Sozlamalar → Uyali aloqa → Tarif yoqilganini tekshiring

Android:

  • Sozlamalar → SIM-kartalar → eSIM yoqilganini tekshiring

8. Xatoliklarning ko‘p uchraydigan sabablari

  • Internet yo‘q
  • QR-kod allaqachon ishlatilgan
  • Kamera orqali skanerlangan
  • eSIM limiti to‘lgan
  • Qurilma eSIMni qo‘llab-quvvatlamaydi
  • O‘rnatishga juda ko‘p urinish bo‘lgan

Foydali maslahatlar

  • QR-kodni olgach, eSIMni darhol o‘rnating
  • Profilni imzolang (masalan: “Ish”, “Shaxsiy”)
  • Zarurat bo‘lmasa eSIMni o‘chirmang
  • Hamisha QR-kodni saqlab qo‘ying
- eSIM ishlashi uchun internet kerakmi?

Internet faqat eSIMni faollashtirish yoki o‘chirish paytida kerak bo‘ladi.

-SIM-kartadan eSIMga o‘tganimda mendagi tarif va xizmatlar saqlanib qoladimi?

Raqamingizdagi barcha xizmatlar va tarif saqlanib qoladi.

- eSIMni qaytadan oddiy SIM-kartaga almashtirish mumkinmi?

eSIMni SIM-kartaga almashtirish uchun, Siz Kompaniyaning istalgan bir savdo va xizmat ko‘rsatish ofisiga shaxsan murojaat etishingiz hamda quyidagilarni taqdim etgan holda ushbu usullardan biri orqali identifikatsiya jarayonidan o‘tishingiz lozim:
1. Amal qilish muddati tugamagan, Sizning shaxsingizni, vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatga qo‘yilganligingizni tasdiqlovchi quyida ko‘rsatilgan hujjatlardan birining asli:
•O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti;
•O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsion ID-kartasi;
•O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;
•O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi;
•chet el fuqarosining pasporti;
•ofitser guvohnomasi, harbiy guvohnoma;
•akkreditatsion karta (diplomatik vakolatxonalar va missiyalarning xodimlari uchun);
•chet el fuqarosining O‘zbekistonda yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat;
•fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat yoki xorijga chiquvchi hujjat;
•fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi;
•O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish pasporti;
•talabalik guvohnomasi;
•harbiy guvohnoma;
•pensioner guvohnomasi;
•davlat korxonalari, tashkilot va muassasalari xodimlari guvohnomasi;
•Ma’lumotnoma №9 shakl – pasport yo‘qotilganda ichki ishlar idoralari tomonidan berilgan fotosuratli ma’lumotnoma, ort tarafida vaqtinchalik yoki doimiy propiska shtampi qo‘yilgan bo‘lsihi kerak. Ma’lumotnoma olti oygacha muddat bilan beriladi.
2. MyGov ilovasidagi Face ID tizimi orqali majburiy biometrik identifikatsiyadan o‘tgan Sizning profilingizga yuklangan, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatning elektron versiyasi.
3. Kompaniya xodimi skanerlashi uchun MyGov ilovasidagi Face ID tizimi orqali majburiy biometrik identifikatsiyadan o‘tgan Sizning profilingizda yaratilgan QR-kod.
Abonent (Ishonch bildiruvchi) vakili bo‘lish yoki uning nomidan ish tutish uchun Kompaniyaga murojaat qilib Ishonchnoma taqdim etganingizda, quyidagi ma’lumot va harakatlar Ishonchnomada albatta aks ettirilgan bo‘lishi kerak:
•Ishonchnoma berilgan joy va sana;
•Ishonch bildiruvchi hamda Ishonchli vakilning familiyasi, ismi va otasining ismi;
•Pasprot ma’lumotlari (seriya va raqami, berilgan sana\kim tomondan berilganligi, amal qilish muddati);
•Ishonch bildiruvchi va Ishonchli vakilning doimiy yoki vaqtinchalik propiska (ro‘yxat) bo‘yicha yashash joyi;
•Ishonchli vakilga berilgan vakolatlar doirasi (aniq abonent raqam(lar)ini ko‘rsatgan holda);
•Ishonch bildiruvchining imzosi
•Ishonch bildiruvchining pasport nusxasi;
•Ishonchli vakil pasportining asli.

Yangi raqam uyali aloqa operatoridan olinadigan QR-kod yordamida faollashtiriladi. Kodni interneti
(masalan, Wi-Fi orqali) yoqilgan smartfonda skanerlash lozim. Keyin sozlamalarga o‘tish va olingan
eSIM profilini faollashtirish kerak bo‘ladi. Qurilmani almashtirganda, yangi qurilmada faollashtirish
uchun profilni eski gadjetdan o‘chirish kerak bo‘ladi.

Faollashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma:

Apple qurilmalarida: “Настройки” → “Сотовая связь” → “Добавить сотовый тариф” va berilgan
QRni skanerlash.
Samsung qurilmalarida: “Настройки” → “Подключения” → “Диспетчер SIM-карт” → “Добавить
мобильный тариф” va berilgan QRni skanerlash.
Huawei qurilmalarida: “Настройки” → “Мобильная связь” → “Управление SIM-картами” →
Kerakli SIM-karta uyachasini tanlash → “eSIM-karta” va berilgan QRni skanerlash.

eSIM profilini smartfon sozlamalarida o‘chirish mumkin.

Apple qurilmalarida: “Настройки” → “Сотовая связь” → “Сотовые тарифы”. “Удалить”ni bosish.
Samsung qurilmalarida: “Настройки” → “Подключения” → “Диспетчер SIM-карт”. “Удалить”ni
bosish.
Huawei qurilmalarida: “Настройки” → “Мобильная связь” → “Управление SIM-картами”.
“Удалить”ni bosish.

QR-kodni necha marta ishlatish mumkin?

Bitta QR-kodni 10 martagacha ishlatish mumkin.

QR-kod yo‘qolgan bo‘lsa nima qilish kerak? Men QR-kodni 10 marta ishlatdim.

QR-kodni 10 marta faollashtirgan, profil QR-kodi tushirilgan blankni yo‘qotib yoki ishdan chiqarib
qo‘ygan taqdirda, eSIMni almashtirish jarayonidan o‘tish kerak bo‘ladi. Almashtirish xizmati pullik,
narxi SIM-kartani almashtirish bo‘yicha amaldagi narxlarga muvofiq belgilanadi. Almashtirish uchun
oldingi qurilmada eSIM profili o‘chirilganiga ishonch hosil qilish lozim.

Bir vaqtning o‘zida ikkita raqamdan foydalanish imkoniyati: oddiy SIM va eSIMda;
Yo‘qolib yoki sinib qolmaydi;
Rasmiylashtirish oson.
APPLE Samsung GOOGLE Motorola   Xiaomi & Sony Xperia    Oppo Huawei &
Honor
iPhone SE (2‑го поколения) Samsung Galaxy S23 / S23+ / S23 Ultra Google Pixel, Google Pixel 2, Google Pixel 2X Motorola RAZR,
Moto Razr 5G, 
Xiaomi 12T Pro (Глобальная прошивка)
 
Oppo Find X3 Pro Huawei P40, P40 Pro, P40 Pro+
iPhone 11, iPhone 11 Pro, iPhone 11 Pro Max Samsung Galaxy S22, Samsung Galaxy S22 Ultra Google Pixel 3, Google Pixel 3XL, Google Pixel 3A, Google Pixel 3A XL Moto X4 (Dual SIM) Sony Xperia 10 III Lite, Sony Xperia 10IV,
Sony Xperia 1 IV
Oppo Reno 5A Honor
Magic 4 Pro
iPhone XS, iPhone XS Max, iPhone XR Samsung S21 5G, Samsung S21 Ultra 5G Google Pixel 4 XL, Google Pixel 4 Moto G6 (Dual SIM) Oppo Find X5
iPhone 12, iPhone 12 Pro, iPhone 12 mini, iPhone 12 Pro Max Samsung Galaxy S20 Pixel 5, Pixel 5a Oppo Find X5 Pro
iPhone 13 Pro Max, iPhone 13 Pro, iPhone 13 и iPhone 13 mini Samsung Galaxy S20+ Google Pixel 6, Google Pixel 6 Pro. Oppo Find X3 Pro
iPhone 14, iPhone 14 Pro, iPhone 14 Pro Max Samsung Galaxy S20 Ultra Google
Pixel 7,
Google
Pixel 7 Pro.
Oppo Reno 5A
Samsung Galaxy Fold  (модель LTE) Oppo Find X5
Samsung Galaxy Z Flip, Samsung Galaxy Z Flip 2, Samsung Galaxy Z
Flip 3

Ucell mobil ilovasi

Call Center +998 (93) 180 00 00, 8123
👁 Ucell

© 2026 ООО «COSCOM»

Barcha huquqlar himoyalangan. Xizmatlar litsenziyalangan.

Saytimizdan foydalanishda davom etib, siz Cookies fayllarni va
boshqa foydalanuvchi ma'lumotlarini ko'rib chiqishga rozilik berasiz.