Ushbu resurslar faqatgina qurilma ishlab chiqaruvchisi tomonidan o‘rnatilgan brauzer orqali kiririlganda bepul bo‘ladi.
E’tibor bering! Abonent boshqa brauzerlarni o‘rnatib (masalan, Opera Mini) resurslardan foydalangan holda, Ucell mazkur murojaat bepul bo‘lishiga kafolat bermaydi.
Ushbu resurslar faqat Prepaid tizimi abonentlari uchungina bepul.
Ushbu resurslardan xorijiy davlatlarda xalqaro rouming xizmatidan foydalanayotgan abonentlar bepul foydalana olmaydilar.
E’tiboringiz uchun, smartfonlarning ko‘pchiligi Internetga ulanganda o‘rnatilgan dasturlardan (messenjerlar, ob-havo, yangiliklar va hokazo) uchinchi tomon trafigini ishlatadi, shuningdek, ilovalar do‘konlari (GooglePlay, AppStore) bilan sinxronizatsiya hamda turli akkauntlarning (Google, Facebook, Telegram va hokazo) va analitik hisoblagichlar (Google, google-analytics.com, googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net) beixtiyor sinxronizatsiyasi amalga oshishi mumkin. Ushbu trafik xizmat doirasida ajratilgan bepul trafik doirasiga kirmaydi va uning haqi tarif uchun Ucell Interneti qiymatiga ko‘ra abonent tomonidan alohida to‘lanadi yoki sotib olingan to‘plamidan sarflanadi.
Shuni e’tiborga olishingizni so‘raymizki, ayrim resurslarda multimedia kontentlar (forosuratlar, videolar va boshqa saytlarga havolalar) bor, ular narxlanmaydigan IP-manzillar ro‘yxatiga kirmaydi. Boshqa resurslarga o‘tganingizda siz xizmat amal qiluvchi hududini tark etasiz, hamda trafik uchun to‘lov joriy tarif rejangizga muvofiq yoki mavjud bo‘lgan internet-balansingizdan yechiladi.
E'tibor bering! Internet-resurslarning egalari ma'lum IP-manzillar va protokollar doirasida o'z xizmatlarini taqdim etishadi. Ucell aynan o'sha (ro'yxatga kiritilgan) doiradagi manzillar uchun internet trafikni ajratadi. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari IP-manzillarini yoki protokollarini o'zgartirganlari uchun mas'uliyatni Ucell o'z zimmasiga olmaydi, bu holda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo'nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to'plamdan sarflanadi. Internet-resurslarga proksi-server, VPN yoki uchinchi sayt orqali kirishda, trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo'nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to'plamdan sarflanadi.