VOOZH about

URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Delaver

⇱ Delaver - Vikipediya


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga muvofiq tartibga keltiring.

Delaware
Shtat
👁 Delaver bayrogʻi
👁 Delaver tamgʻasi
Delaver bayrogʻi Delaver tamgʻasi

Shtat laqabi: Birinchi Shtat
(First State)

👁 Image
Mamlakat 👁 AQSH bayrogʻi
AQSH
Poytaxt Dover
Eng yirik shaharlar Wilmington
Dover
Newark
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 49-oʻrinda

6,447 km²
21.52 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 45-oʻrinda

843,524
154.87 kishi/km²
1
3

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 38-oʻrinda

$54,274 million
$65,385

Ittifoqqa kirish

   • Sana

1-boʻlib

7 dekabr 1787

Vaqt UTC-5 (EST)
Qisqartma DE [10]
Shtat guli Peach blossom

(Prunus persica)

Shtat daraxti Scarlet oak

(Quercus coccinea)

DelaverAQSH shtati. Mamlakatning Atlantika okeani sohilida, Delmarva yarim orolning sharqiy qismida joylashgan. Maydoni – 5,3 ming km2. Aholisi – 796,1 ming kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Dover shahar. Relyefi tekisliklardan iborat, botqoqliklar uchraydi. Iqlimi dengiz iqlimi, daryolari qisqa va sersuv. Keng bargli oʻrmon bor.

Delaver— industrial-agrar shtat, xoʻjaligining asosini sanoat tashkil etadi. Ayniqsa kimyo sanoati rivojlangan (AQShning yirik kimyo zavodlari shu shtatda). Kemasozlik, avtomobilsozlik, stanoksozlik, rezina, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati, yuqori sifatli poʻlat ishlab chiqarish, metallsozlik muhim ahamiyatga ega. Yirik sanoat shahri va porti — Uilmington. Shahar atrofida intensiv qishloq xoʻjaligi (parrandachilik, sut chorvachiligi, sabzavotchilik) rivojlangan. Delaver — AQShning ilk bor (1776-yilda) tashkil topgan shtatlaridan. Shtat hududida yevropaliklar koʻchib kelgunga qadar indeyslarning delavar qabilasi yashagan. 1664-yilda inglizlar tomonidan bosib olingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
👁 Geografiya
Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
👁 AQSh geografiyasi
AQSh geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
👁 Stub ikona
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.