VOOZH about

URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Gaaga

⇱ Gaaga - Vikipediya


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qoʻshib yordam qiling. (2025-02)
👁 Image

GaagaNiderlandiyadagi shahar, Shimoliy dengiz sohilidagi port (Sxeveningin avanporti). Qirol saroyi va hukumat qarorgohi. Janubiy Gollandiyaning maʼmuriy markazi. Aholisi - 444 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari, shahar atrofi bilan 685 ming kishi). Kanallar, avtomobil va temir yoʻl tarmoqlari orqali Reynning quyi okimidagi Rotterdam porti bilan, rasmiy poytaxt Amsterdam va mamlakatning boshqa shaharlari bilan bogʻlangan. Gaaga— asosan maʼmuriy va siyosiy markazdir. Shahar dastlab 11-asrga oid tarixiy manbalarda tilga olingan. Gaaga 16-asr oxiridan General shtatlarning majlis oʻtkazadigan joyi va 17-asr boshidan hukumat qarorgohi. Gaagada BMTning Xalqaro sudi, Xalqaro hakam (betaraf vakil)lar sudining Doimiy palatasi, Xalqaro huquqiy hujjatlar byurosi va b. joylashgan. Gaagada muhim tarixiy hujjatlar qabul qilgan bir qancha xalqaro konferensiyalar boʻlib oʻtgan (qarang: Gaaga konvensiyalari). Transport yoʻllari tuguni. Gaagada radio va teleapparatura, elektron asboblar va telegraf apparaturasi ishlab chiqariladigan yirik sanoat korxonalari, shahar chetida aviatsiya zavodlari, kemasozlik, choʻyan quyish korxonalari bor. Oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari koʻp. Yogʻoch, oyna kabi materiallardan badiiy buyumlar tayyorlanadi.

Meʼmoriy yodgorliklaridan gotika uslubida qurilgan Ridderzal (13-asr), Tribunal (13-asr) va b. saqlangan. Gaagada Qirollik nafis sanʼat akademiyasi, Mauritsxeys (Qirollik rasmlar galereyasi) Munitsipal muzeyi, pochta, kiyimlar, xalqaro matbuot muzeylari, statistika instituti bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


👁 Stub ikona
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.