VOOZH about

URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Galliya

⇱ Galliya - Vikipediya


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya, erkin ensiklopediya

Galliya — tarixiy viloyat. Po daryosi bilan Alp togʻlari oraligʻi (Sizalpin Galliyasi) hamda Alp togʻlari, Oʻrta dengiz, Pireney yarimoroli, Atlantika okeani oraligʻi (Transalp Galliyasi)da joylashgan. Mil. av. 6-asrdan keltlar (rimliklar ularga gallar deb nom bergan) kelib oʻrnashgan. Mil. av. taxminan 220-yil Sizalpin G.si hududi Rimga tobe qilinib uning provinsiyasiga aylantirilgan. Mil. av. 58—51-yillarda Transalp Galliyasi hududi Yuliy Sezar tomonidan bosib olinib, Rimning 4 ta provinsiyasi (Narbonna Galliyasi, Lugdun Galliyasi, Akvitaniya va Belgika) ga boʻlingan. Mil. 5-asr boshidan G. hududi german qabilalari tomonidan bosib olina boshlagan va 5-asr oxirida Frank davlati tarkibiga kirgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


👁 Stub ikona
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.