VOOZH about

URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Henrik_Dam

⇱ Henrik Dam - Vikipediya


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya, erkin ensiklopediya

DAM Xenrik (Henrik) Karl Peter (1895.21.2 - 1976.24.4) - daniyalik biokimyogar. Daniya fanlar Qirollik jamiyati aʼzosi (1948-yildan). Kopengagen politexnika instituti professor (1941). Asosiy ishlari sterinlar, K va Ye vitaminlari biokimyosi, shuningdek, yogʻlarga oid. Joʻjalarda xolesterin metabolizmini oʻrgana turib, K vitaminni va qon ivishida bu vitamin rolini aniklagan (1929). Uni ajratib olish va tozalash usullarini ishlab chiqqan (1928—30), shuningdek, tibbiyot amaliyotida qoʻllanish yoʻllarini koʻrsatib bergan. Nobel mukofoti laureati (1943)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

[1].


👁 Dovud
Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named ReferenceA