Hessen yoki Gessen — Olmoniya yeri. Hessenning katta qismi Oʻrta Olmoniya togʻlarida, oz qismi Mayn-Reyn pasttekisligida joylashgan. Maydoni 21,1 ming km2. Aholisi 5 971 816 kishi Bosh shahri —Visbaden.
VIII—IX asrlarda graflik boʻlgan. XIII asr oxiridan Olmoniya knyazligi hududi. 1567-yilda 2 ta: Gessen-Kassel (1866 yildan Prussiya qoʻshib olgan) va Gessendarmshtadt (1866-yildan —Buyuk gersoglik, 1918-yildan —Veymar respublikasi tarkibidagi yer) knyazligiga boʻlingan. 1945-yilda Amerika va Fransiya okkupatsiya zonasida boʻlgan. 1949-yildan Olmoniya yeri.
Iqlimi moʻtadil. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0-2°, iyulniki 18—20°. Keng bargli oʻrmonlar (hududining 40%) oʻsadi. Qoʻngʻir koʻmir qazib chiqariladi. Hessen Olmoniyada chiqariladigan kaliy tuzlarining 1/3 qismini beradi. Qora metallurgiya va metall buyumlar quyish sanoati rivojlangan. Yirik kimyo sanoati korxonalari (Frankfurtmayn, Xyoxst, Visbaden sh.larida) bor. Umumiy mashinasozlik, ayniksa, stanoksozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika sanoati rivojlangan. Koʻnchilik va rezina, anik, mexanika va optika buyumlari, oyna sanoati va zargarlik korxonalari bor.
Bu yerda Wiesbaden, Frankfurt am Main, Darmstadt, Kassel, Offenbach, Wetzlar, Fulda va Gießen (Giessen) kabi taniqli shaharlar bor.
Gessen hududida transport yoʻli va avtomobil yoʻllari zich joylashgan. Reyn va Mayn daryolarida kema qatnaydi. Asosiy transport tuguni — Frankfurtmayn. Turizm G. iqtisodiyotida salmoqli oʻrin olgan.[1]
OPEL, MERCK, WELLA, LEICA va shunga oxshash koʻp yirik firmalarning markazi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| 👁 Germaniya | Germaniya geografiyasi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Barcha chala maqolalar
- BNE identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- BnF identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- CINII identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- GND identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- ISNI identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- LCCN identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- MusicBrainz area identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- NARA identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- NKC identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- NLI identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- SUDOC identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- VIAF identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- WorldCat-VIAF identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
