VOOZH about

URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Jeksonvill

⇱ Jeksonvill - Vikipediya


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga muvofiq tartibga keltiring.

JeksonvillAQShning janubi-sharqidagi shahar. Aholisi – 735,6 ming kishi (2000). Florida shtatining shimoli-sharqiy qismining iqtisodiy markazi. Dengiz porti (yillik yuk ortib-tushirish 15 mln. t), muhim temir yoʻl va shosse yoʻllar tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (tamaki, yer yongʻoq va mevalar) yetishtiriladigan va oʻrmonchilik rayonining savdo markazi. Qora metallurgiya, metallsozlik sanoati rivojlangan. Sellyuloza-qogʻoz, yogʻochsozlik, poligrafiya, kimyo, oynashisha, oziq-ovqat, tamaki, ke-masozlik va kema remonti korxonalari, universitet bor. Shaharga 1822 yilda asos solingan. AQShning harbiy-dengiz bazasi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
👁 Geografiya
Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
👁 Stub ikona
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.