Bu maqolada ichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qoʻshib yordam qiling. |
Kutikula (lot. cuticula — teri) — 1) epiteliy hujayrasi sirtini qoplab turadigan pishiqqanat. Umurtqasiz hayvonlarda K. gipoderma (bir qanat epiteliy)dan hosil boʻlib, asosan, tayanch va himoya funksiyasini bajaradi. Boʻgʻimoyoqlilar K.si qattiq boʻlib, ularning oʻsishiga xalaqit beradi. Shuning uchun ular tullab (poʻst tashlab) oʻsadi (qarang Tullash). K. tarkibiga xitin, oqsil, lipid va mineral moddalar kiradi. Xitin va oqsillar K. ning pishiqligini, lipidlar uning suv oʻtkazmasligini taʼminlaydi. K. dastlab yassi chuvalchanglarda paydo boʻlgan. Tangachalar, qalqonlar, tuklar, qillar K.dan vujudga keladi. Umurtqali hayvonlar va odamda K. ichki organlar (ichak, nafas va siydik yoʻllari)ning ichki yuzasini qoplab turadigan epiteliy hujayralari sirtidagi mikrovorsinkalardan iborat; 2)1 oʻsimliklarda — yer usti organlari (barg, poya, ayrim mevalar) sirtini qoplab turadigan yog modda (kutin)dan iborat. Epidermis hujayralarida sintezlangan kutinsirtga chiqib, K. hosil qiladi va qisman hujayra qobigʻi tashqi devoriga ham shimiladi. K. va u shimilgan hujayra qobigʻi kompleksi sellyuloza, pektin, kutin, mum va boshqa moddalardan iborat boʻlib, koʻp qanat hosil qiladi. Kserofitlar K.si ayniqsa yaxshi rivojlangan boʻlib, mum kristallari bilan qoplangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| 👁 Image |
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. |
| 👁 Image | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| 👁 Stub ikona | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |
