VOOZH about

URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Novda

⇱ Novda - Vikipediya


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya, erkin ensiklopediya

Novda (cormus) — yuksak oʻsimliklardaraxt va butalarning asosiy organlaridan biri. Poya, undagi barg va kurtaklardan iborat. N. ildiz sistemasi bilan birga qirqquloqlar, qirqboʻgʻimlar, plaunlar, ochiq urugʻli va yopiq urugʻli oʻsimliklarning tanasini tashkil qilib, novdali oʻsimliklar (kormofitlar) deb nomlanadi. Bir yillik oʻsimliklar N.si faqat bir mavsum, koʻp yilliklari esa har xil yashaydi va har yili kurtaklardan yangi N. oʻsib chiqadi. Ortotrop (tik oʻsadigan) va, baʼzan plagiotrop (yotiq oʻsa-digan) N.lar farq qilinadi. Koʻpchilik oʻsimliklarda N. yoki uning bir qismi koʻrinishi oʻzgarib (metamorfozga uchrab) tikanga (doʻlanada), tuganakka (kartoshkada), gajakka (tokda) aylangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


👁 Image
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



👁 Stub ikona
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.