Papuaslar (malayyacha papuwa — jingalak) — xalklar guruhi, Gʻarbiy Melaneziyaning tub aholisi. Yangi Gvineya o. va Timor o.ning sharqiy qismi tub joy aholisining katta qismini umumlashgan nomi (enga, chimbu, xagen, kamano, xuli va boshqalar). Umumiy soni 4,8 mln. kishi (1987). Melaneziya irqiga mansub. Papuas tillarida soʻzlashadi. Dindorlari ajdodlar kulti, magiya va totemizmga eʼtiqod qiladi. 19-asr oxiridan missionerlar taʼsiri ostida xristianlik tarqalgan, hozirgi koʻpchilik P. rasman uni qabul qilishgan. Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, choʻchqachilik, baliq ovlash, qisman ovchilik. P.ni etnografik jihatdan oʻrganishga rus tadqiqotchisi N.N. Mikluxomaklay katta hissa qoʻshgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| 👁 Image |
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. |
| 👁 Image | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| 👁 Stub ikona | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
