VOOZH about

URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Sobol

⇱ Sobol - Vikipediya


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sobol (Martes zibellina) — yirtqichlar turkumining suvsarsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvonlar turi. Uzunligi 32—58 sm, urgʻochisi erkagidan kichikroq. Dumining uz. 19 sm gacha. Juni qalin, mayin, chiroyli, qoraqoʻngʻir rangda. Tinch okean sohillaridan tortib Shimoliy Uralgacha boʻlgan togʻ tekislik oʻrmonlar (asosan, ninabargli)da yashaydi. Mongoliyada, Xitoyning shim.sharqi, Koreya yarim oroli va Yaponiyada ham tarqalgan. Asosan, yerda hayot kechiradi. Daraxtga faqat xavf tugʻilganda chiqadi. Uyasini yiqilgan daraxt kovaklariga, kunda va toshlar ostiga quradi. Yilda bir marta iyun— iyul oylarida urchiydi. Homiladorlik davri ancha uzoq (245—298 kun). Aprel-may oylarida 2—7 tadan bola tugadi. Bolalari 2—3 yilda voyaga yetadi. Tutqunlikda 15—18 yil yashaydi. S har xil hayvonlar va oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Ovlanadi. Qimmatbaho moʻynasi uchun koʻp ovlanishi natijasida soni kamayib ketgan. Hozirgi S. sonini koʻpaytirish uchun maxsus qoʻriqxonalar va moʻynachilik fermalari tashkil etilgan.


👁 Image
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



👁 Stub ikona
Hayvon haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.