VOOZH about

URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Tampa

⇱ Tampa - Vikipediya


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya, erkin ensiklopediya

TampaAQShning janubi-sharqiy qismidagi shahar, Florida shtatida. Aholisi 303,4 ming kishi (2000). Meksika qoʻltigʻi sohilidagi port, chetga, asosan, fosforitlar, sitrus mevalar chiqariladi. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning yirik sanoat va savdomoliya markazlaridan. Oziq-ovqat, kimyo, poligrafiya, metallurgiya, metallsozlik, kemasozlik, radioelektronika sanoatlari korxonalari, 2 universitet bor. Iqlim kurorti. Turizm rivojlangan. Tampa yaqinidan fosforit qazib olinadi.



👁 Image
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



👁 Geografiya
Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.