Olim (ilm soʻzidan) atamasi bilan keng maʼnoda tizimli ravishda bilim yigʻuvchi shaxs nomlanadi. Ayollar uchun olima soʻzi ishlatiladi. Tor maʼnoda esa olim, deb ilmiy uslubdan foydalanuvchi shaxsga aytiladi. Olim fanning bir yoki bir necha sohasida mutaxassis boʻlishi mumkin. Ushbu maqolada atamaning tor maʼnoda qoʻllanishi yoritiladi. Olimlar tabiatni fizik, matematik va ijtimoiy jihatlardan chuqurroq tushunish uchun tadqiqotlar olib borishadi.
Aql-idrokdan mahrum boʻlgan bosh — suvsiz chashmaga, adabsiz, tarbiyasiz yigit — egar-jabduqsiz otga, sharm-hayosiz xotin — tuzsiz taomga, ilmiga amal qilmagan olim — xushboʻy, ammo guli yoʻq boʻstonga oʻxshaydi[1].
|
| — Abul Muʼin |
Ilmiga amal qilmagan olim boshqani kiyintirgan holda oʻzi yalangʻoch qolgan ignaga oʻxshaydi[5].
|
| — Gʻazzoliy |
Ilmiga amal qilmagan olim johillar qatoriga kiradi[6].
|
| — Ali |
Ilm koʻtarilmasidan uni oʻrganinglar. Ilm olimlarning vafoti tufayli koʻtariladi. Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, Alloh yoʻlida shahid boʻlgan kishilar (qiyomat kunida) olimlarga berilgan karomat darajalarni koʻrib: „Koshki bizni ham Alloh olim qilib tiriltirsa“, deb orzu qiladilar. Zero, hech kim olim boʻlib tugʻilmaydi. Ilm oʻrganish, taʼlim olish bilan egallanadi[3].
|
| — Abdulloh ibn Masʼud |
Kishi agar bir ilmni oʻrganib, soʻng boshqa ilmlarga yuzlansa-da, ulardan nimani bilmasligini tushunsa, ana oʻshanda olim boʻladi[7].
|
| — Shofiʼiy |
Kishilar orasida uch xiliga koʻproq achinaman: oldin xalqining yoʻlboshchisi boʻlib, keyin xorlikka yuz tutgan kishiga, oldin boy, keyin faqir boʻlgan kishiga, dunyo oʻyinchoq qilib oʻynagan olimga[8].
|
| — Fuzayl ibn Iyoz |
Kunduzlari roʻzador, kechalari qoyim (bedor) boʻlgan mingta obidning oʻlimi halol-haromni ajrata oluvchi bir olimning oʻlimidan yengilroqdir[9].
|
| — Umar |
Olimlar qalamlarining siyohi shahidlar qoni bilan oʻlchanadi. Shunda olimlar qalamlarining siyohi shahidlar qonidan ogʻir keladi[3].
|
| — Hasan Basriy |
Olimlar yulduzlarga oʻxshaydi. Agar koʻrinib tursa, odamlar ular bilan yoʻl topishadi. Agar koʻzdan yoʻqolib, zulmatda qolsalar, qayoqqa yurishni bilmay hayron qolishadi[12].
|
| — Hasan Basriy |
Olim kishi kechalari qoyim, kunduzlari roʻzador mujohiddan afzaldir. Olim vafot etsa, islomda bir yoriq paydo boʻladi. U yoriqni faqat olimning oʻrinbosarigina toʻldiradi[10].
|
| — Ali |
Olim koʻr boʻlsa ham dunyoni koʻradi. Johil sogʻ boʻlsa ham uzoqni koʻrmaydi. Odamning eng yomoni nodon boʻlib, foyda keltirmaganidir.
|
| — Otalar soʻzi[4] |
Olimlar bilan oʻtirsang foyda olasan, chunki gul yonida oʻtirgan odamga gul hidi urib qoladi.
|
| — Otalar soʻzi[4] |
Olimning ado etilishi lozim boʻlgan haqlari bor. Unga koʻp savol bermaslik, javobiga eʼtiroz qilmaslik, erinib turganida javob berishga zoʻrlamaslik, oʻrnidan turishga qoʻymay, etagiga osilib olmaslik, sirlarini oshkor etmaslik, huzurida biror kishini gʻiybat qilmaslik, undan xato qidirmaslik, bordi-yu xato qilsa, uzrini qabul qilish, modomiki Allohning amriga itoat etarkan, unga ham Alloh uchun hurmat koʻrsatish, oldida oʻtirib olmaslik, biror ehtiyoji boʻlsa, uni ravo qilish uchun hammadan oldin shoshilish olimning haqlaridandir[13].
|
| — Ali |
Olimning yomonligi kemaning sinishiga oʻxshaydi. Chunki kema sinsa ham oʻzi choʻkadi, ham oʻzgalarni choʻktiradi.
|
| — Otalar soʻzi[4] |
Olim qachonki oʻzining barcha his-ehtiroslarining ustidan hokim boʻlolsa, shundagina uni olim deyish mumkin.
|
| — Otalar soʻzi[4] |
Sen olim, yo oʻrganuvchi yoki unga quloq tutuvchi boʻl. Lekin toʻrtinchisi boʻlmagilki, halokatga yuz tutasan[3].
|
| — Abu ad-Dardo |
Oʻzi haqida oʻylamay, faqat elga bilim berish haqida oʻylagan olim kishi xuddi shamga oʻxshaydi, u oʻzini yondiradi va xalqni ziyoli qiladi[4].
|
| — Otalar soʻzi |
- ↑ Tursun 2006, s. 160. sfn error: no target: CITEREFTursun2006 (help)
- ↑ 2,0 2,1 Tursun 2006, s. 10. sfn error: no target: CITEREFTursun2006 (help)
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Tursun 2006, s. 15. sfn error: no target: CITEREFTursun2006 (help)
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 14. sfn error: no target: CITEREFXomidiyHasaniy1997 (help)
- ↑ 5,0 5,1 Tursun 2006, s. 9. sfn error: no target: CITEREFTursun2006 (help)
- ↑ Tursun 2006, s. 8. sfn error: no target: CITEREFTursun2006 (help)
- ↑ 7,0 7,1 Tursun 2006, s. 17. sfn error: no target: CITEREFTursun2006 (help)
- ↑ Tursun 2006, s. 107. sfn error: no target: CITEREFTursun2006 (help)
- ↑ Tursun 2006, s. 16. sfn error: no target: CITEREFTursun2006 (help)
- ↑ 10,0 10,1 Tursun 2006, s. 14. sfn error: no target: CITEREFTursun2006 (help)
- ↑ Tursun 2006, ss. 10–11. sfn error: no target: CITEREFTursun2006 (help)
- ↑ Tursun 2006, s. 18. sfn error: no target: CITEREFTursun2006 (help)
- ↑ Tursun 2006, s. 7. sfn error: no target: CITEREFTursun2006 (help)
- ↑ Tursun 2006, s. 20. sfn error: no target: CITEREFTursun2006 (help)
- ↑ Tursun 2006, s. 19. sfn error: no target: CITEREFTursun2006 (help)
- ↑ Tursun 2006, s. 68. sfn error: no target: CITEREFTursun2006 (help)
- ↑ Tursun 2006, s. 58. sfn error: no target: CITEREFTursun2006 (help)
- Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5.
- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.