VOOZH about

URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Angela_Merkel

⇱ Angela Merkel - Vikipediya


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Angela Merkel
👁 Image
👁 Image
 Germaniya kansleri
Mansab davri
2005-yil 22-noyabr – 2021-yil 8-dekabr
Prezident Horst Köhler
Christian Wulff
Joachim Gauck
Frank-Walter Steinmeier
Oʻtmishdoshi Gerhard Schröder
Vorisi Olaf Scholz
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 17-iyul 1954-yil (1954-07-17) (71 yosh)
Gamburg
Mukofotlari 👁 Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli ordeni
👁 Avstriya oldidagi xizmatlari uchun ordeni
Avstriya oldidagi xizmatlari uchun ordeni
👁 Image
👁 Qirol Abdulaziz ordeni
👁 Image
👁 Uch yulduz ordeni
👁 Image

Angela Merkel (Angela Dorothea Kasner) (1954.17.7, Gamburg) — Germaniya sobiq davlat kansleri. Fizika fanlari doktori (1986). Leipzig universitetini tugatgan bundan tashqari o'nlab universitetlar darajasiga ega. Xususuan, 2019-yil dunyoning eng nufuzli universitetlaridan boʻlgan Garvard Universiteti doktorlik darajasiga ega bo'ldi va Universitetda nutq so'zladi. 1978-yildan Germaniya Demokratik Respublikasi Fanlar Akademiyasining fizik kimyo markaziy instituti ilmiy xodimi, 1990-yil Germaniya Demokratik Respublikasi demokratik hukumatining matbuot kotibi oʻrinbosari, birlashgan Germaniya federal hukumatining matbuot va axborot idorasi referenti, 1990-yildan Xristian-demokratik ittifoq va GFR bundestagi aʼzosi, 1991-yildan Germaniya xotin-qizlar va yoshlar ishlari boʻyicha, 1994-yildan atrof-muhitni muhofaza qilish va yadro reaktorlari xavfsizligi masalalari boʻyicha federal vazir, 1998-yildan Xristian-demokratik ittifoq bosh kotibi, 2000-yil apreldan raisi, 2002-yil sentyabrdan GFR bundestagida Xristian-demokratik ittifoq / Xristian sotsial ittifoqining birlashgan fraksiyasi raisi. 2015-yilda esa "Time" jurnali tomonidan "Yil Odami[1]" deb e'tirof etiilgan va shuningdek koʻp marotaba "Forbes" tomonidan dunyoning "Eng nufuzli ayollari ro'yxati[2]"da eng yuqori o'rinlarni egallagan. 2005-yil 22-noyabrdan GFR federal kansleri[3]. 2021-yilda Angela Merkel iste'oga chiqdi va uning nafaqa puli 15 000 yevro boʻlishi aytildi[4].

  1. „"Yil Odami" 2015“. 2021-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  2. „The most powerful women“.
  3. „Biography“. Bundeskanzlerin.de. German Federal Press and Information Office. 2015-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2015-yil. (Wayback Machine saytida 2015-12-21 sanasida arxivlangan) (ingl.)
  4. „Меркель истеъфога чиққандан кейин қанча пенсия олиши маълум бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.


👁 Image
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



👁 Dovud
Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
👁 Stub ikona
Davlat yetakchisi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.