VOOZH about

URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Helmut_Kohl

⇱ Helmut Kohl - Vikipediya


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya, erkin ensiklopediya
👁 Image
Helmut Kohl (1996)

KOL (Kohl) Gelmut (Helmut) (1930.3.4, Lyudvigsxafen shahri) – Germaniya kansleri (1982—98). Xristian-demokratik ittifoqi (XDI) aʼzosi (1947-yildan), raisi (1973—76). Raynland-Pfals federal yeri bosh vaziri (1969—76). Germaniya bundestagi deputati (1976-yildan). Bundestagdagi XDI va Xristian-sotsial ittifoqi (XSI) birlashgan fraksiyasi raisi (1976—82). K. davrida nemis xalqining birlashish orzusi 1989-yilda Berlin devorining qulatilishi bilan ushaldi. 1990-yil 12-sentyabrda Moskvada Germaniya masalasini uzil-kesil hal etish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi, yagona Germaniya davlati tashkil topdi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


👁 Stub ikona
Davlat yetakchisi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
👁 Dovud
Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.