VOOZH about

URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Chayonlar

⇱ Chayonlar - Vikipediya


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Chayonlar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
👁 Image

Chayonlar (Scorpiones) – oʻrgimchaksimonlar turkumi, baʼzan mustaqil sinf sifatida qaraladi. Uzunligi 1–20 sm. Boshkoʻkragi yaxlit qalqon bilan qoplangan. Bu qalqon oʻrtasida 2 juft, uning 2 yonida bir necha juft koʻzlari bor. Kutikulasi mum qavati bilan qoplangan. Qorin qismi kengaygan. Ingichka keyingi boʻlimi boshkoʻkrak tomoniga egiluvchan. Bir juft zahar bezi keyingi qorinning oxirgi boʻgʻimida joylashgan boʻlib, sanchuvchi nashtarga ochiladi. Xelitseralari mayda, qisqichsimon. Oyoq paypaslagichlari uchki qismi yirik qisqichga aylangan. Oʻpka orqali nafas oladi. Spermatoforlar yordamida urugʻlanadi. Chayonlar tirik tugʻadi. 750 ga yaqin turi, jumladan, Oʻzbekistonda bir necha turi bor. Chipor chayon koʻp uchraydi. Yirtqich, tunda ov qiladi. Chaqqanida qattiq ogʻriq kuzatiladi. Ammo chayon chaqishi oʻlimga olib kelmaydi[1].

  1. Richard J. Howard, Gregory D. Edgecombe, David A. Legg, Davide Pisani, Jesus Lozano-Fernandez. Exploring the evolution and terrestrialization of scorpions (Arachnida: Scorpiones) with rocks and clocks(ingl.) // Organisms Diversity & Evolution. — 2019-03-01. — Vol. 19, iss. 1. — P. 71—86. — ISSN 1618-1077. — DOI:10.1007/s13127-019-00390-7. Архивировано 18 avgust 2023 года.
👁 Image
Vikiiqtibosda Chayonlarga tegishli iqtiboslar mavjud.



👁 Image
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



👁 Stub ikona
Hayvon haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.